Klub haqida

Klinika rahbarlari uchun doimiy professional muhit

Clinics Club O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash biznesini boshqaradigan rahbarlarni bir davrada birlashtiradi va ularning qarorlari sifatini oshiradi.

Clinics Club 2026-yilda klinika rahbarlari uchun yopiq professional davra sifatida boshlandi. Klub amaliy boshqaruv tajribasi va mazmunli aloqalarni bir joyga jamlaydi.

Bizning yondashuvimiz oddiy: har bir uchrashuv rahbar uchun aniq boshqaruv qaroriga aylanishi kerak. Shuning uchun dasturda umumiy motivatsion nutqlar emas, real raqamlar, jarayonlar va keyslar bor.

“Bir uchrashuv emas. Doimiy professional muhit.”

Amaliy muhokama sessiyasi
Yo‘nalishlar

Klub qanday ishlaydi

01

Ta'lim

Klinika rahbarlari uchun amaliy praktikumlar va boshqaruv mavzulari.

02

Networking

Rahbarlar bilan mazmunli tanishuv va tajriba almashinuvi.

03

Biznes rivojlanishi

Foyda, jarayonlar, jamoa va o'sish strategiyasi bo'yicha suhbatlar.

04

Benchmarking

Clinic Day orqali turli klinikalarning ish jarayonlarini o'rganish.

05

Recognition

Sohadagi kuchli rahbarlar va tashabbuslarni e'tirof etish.

Kimlar uchun

Klub a’zolari doirasi

A’zolik faqat qaror qabul qiluvchi rahbarlar uchun ochiq.

  • Klinika egalari va rahbarlari
  • Stomatologiya klinikalari rahbarlari
  • Healthcare executive’lar
  • Farmatsevtika kompaniyalari
  • Tibbiy uskuna kompaniyalari
  • Top-menejerlar
500+
Izohlar
50+
Tadbirlar
20+
O'tkazilgan praktikumlar
100+
Club a'zolari